Samarqand viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi samarqand shahar 6-son BMSM
Mazkur maktab 1961-yilda bunyot etilgan O’zbekiston Respublikasi farmoniga muvofiq 2010-yilda qayta rekonstruksiya etilgan. 2010-yildan hozirgacha X.F.Niyazkulov direktor vazifasida ishlab kelmoqdalar. 6-son BMSM da 28 ta Oliy va O’rta maxsus yuqori malakali pedagog xodimlar faoliyat olib bormoqdalar. Maktabimizda 224 nafar o’quvchi taxsil olmoqda, ulardan 128 nafar qiz bola, 96 nafari o’g’il bolalar.
Maktabda fortepiano, torli cholg’ular, xalq cholg’ulari an’anaviy xonandalik, estrada xonandalik amaliy san’at, xoreografiya, tasviriy san’at bo’limlari ish faoliyati yuritadi. Maskur bulimlarga maktabning eng faol va bilimli, xurmatga sazavor bo’lgan o’qituvchilar rahbarlik qilishmoqda. Bundan tashqari madaniyat kasaba uyishmasi ham mavjud. Respublika va xaqaro ko’rik tanlovlarda faol ishtirok etib kelishmoqda.
Maktabda ikki xil ta’lim tizimi mavjud bo’ib bular 7 yillik (6-9 yoshgacha bo’lgan bolalar qubul qilnadi). 5 yilik (6-12 yoshgacha bo’lgan bolalar qbul qilinadi). Maktabda ta’im ikki simenada ummumiy ta’lim maktabidan uzilmagan holda tashkil etilgan.
Darslar har bir o’quvchi bilan alohida-alohida olib boriladi, o’quvchilarga asosiy mutaxasis fanlariga qushimcha sifatida solfedjio, musiqa adabiyot, xor, ansambl, nota varaqdan o’qish, umumiy fortepiano va tanlangan fanlar o’qitiladi. Maktab faoliyati nota tizimini biladigan mutaxasislik ko’rsatkichi yuqori bo’lgan o’quvchilarni tayyorlashdan iborat. Ushbu 6-son BMSM Samarqand viloyatidagi yetakchi maktablardan biridir.
